Jahon | 07:40 / 28.08.2016
25767
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Diyorbakir aeroporti raketalardan o‘qqa tutildi

Turkiyaning janubidagi eng yirik shahar – Diyorbakirning aeroporti 27 avgust kuni kechki payt raketalardan o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Aeroportdagi politsiya nazorat-o‘tkazish punktiga 4 ta raketa otilgan. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yo‘lovchilar va aeroport xodimlari terminallarga joylashtirildi. 

Raketalar yaqin oradagi bo‘sh yotgan joyga tushgan. Jabrlanganlar va vayronalar bo‘lmagan, parvozlar jadvali buzilmagan. Aeroport asosan ichki reyslarga xizmat ko‘rsatadi.

Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmadi. Ma'lumki, bu hududda 30 yildan beri kurd isyonchilari va turk kuchlari kurashib keladi.   

Bundan 3 kun avval Turkiya Suriya shimolida terrorchilar va kurd ayirmachilariga qarshi harbiy operatsiyani boshlagandi.

Mavzuga oid