Afg‘onistonda ro‘y bergan yirik YTH natijasida kamida 36 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Pajhwok Afghan News nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari yana 28 kishi turli jarohat olgan. Baxtsiz hodisa Qobul-Qandahor trassasida sodir bo‘lgan - bu yerda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.