Sport | 19:49 / 25.09.2016
7475
1 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» Manchesterdan 2 futbolchini safiga qo‘shib olmoqchi

«PSJ» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Yaya Ture va «Manchester Yunayted» xavbeki Bastian Shvaynshtaygerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Star xabar bergan.

Parijliklar bu ikki futbolchini qishki transferlar darichasi vaqtida xarid qilmoqchi. Rahbariyat ularning har biri uchun 1,5 million funt sterlingdan maosh taklif qilmoqchi.

32 yoshli germaniyalik futbolchi «qizil iblislar» jamoasiga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lib kelganidan keyin asosiy tarkibdan tushib qoldi va mavsumda bironta o‘yinda ham maydonga tushirilmadi.

33 yoshli Ture bilan esa «shaharliklar» jamoasining yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rtasida muammo yuzaga keldi. Bunga futbolchining agenti Dmitriy Selyukning bayonotlari sabab bo‘lgan. Ivuarlik futbolchi Chempionlar ligasidagi uchrashuvdagina ishtirok etdi.

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid