O‘zbekiston | 18:08 / 28.09.2016
5525
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2016 yilning 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida qayd etilganidek, davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki davlatning yaqin va o‘xshash qarashlari va pozitsiyalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ishonchli asosi hisoblanadi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Chexiya hamkorligi ikki tomon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik va konstruktiv munosabatlar an'analariga hamda 30 dan ortiq hujjatlardan tashkil topgan shartnomaviy-huquqiy asosga tayangan holda izchil rivojlanayotganligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekiston-Yevroittifoq muloqoti shakllardagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid