Fan-texnika | 16:48 / 29.09.2016
13006
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng ulkan lift ishga tushdi

Xitoyning Xubey viloyatida Xubey Yantsza daryosidagi dunyodagi eng yirik «Uch dara» gidroelektrostansiyasi yaqinida jahondagi eng katta kema lifti ishga tushdi. Yangi kema lifti muhandislik ishining mo‘'jizasi bo‘lib, 113 metr balandlikka umumiy og‘irlikda 3000 tonnani ko‘tara olishga qodir.

Mazkur jarayonga taxminan 30-40 daqiqa vaqt ketadi. Bu esa beshta eshikdan iborat o‘tish tizimiga nisbatan olti barobar tezroqdir. Ba'zi kemalar qadam bilan ko‘tarilishiga to‘g‘ri keladi, biroq katta lift ko‘plab kemalarni ko‘chirib o‘tishga imkon beradi.

Liftning og‘irligi taxminan 15 500 tonna atrofida. Binoning asosiy tarkibiy qismi 169 metr balandlikdagi to‘rt temir betonli ustunlar hisoblanadi. Ular orasida hovuzga o‘xshash uzunligi 120 metr, kengligi 18 metr va chuqurligi 3.5 metr bo‘lgan platforma o‘rnatilgan. Aynan shu yerga kema joylashadi.

Mavzuga oid