Sport | 15:38 / 30.09.2016
15556
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov «Nitstsa»ga qarshi o‘yin vaqtida jarohat oldi

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning «Krasnodar» klubida safida 29 sentabr oqshomida Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida Fransiyaning «Nitstsa» jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Lekin u jarohat olib, 59-daqiqada o‘z o‘rnini boshqa bir futbolchiga bo‘shatib berdi.

Bu uchrashuvda jamoa hujumchisi Fedor Smolov ham jiddiy jarohat olgan. Bu jarohatlar borasida jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Igor Shamilov fikr bildirib o‘tgan.

«Fedya bilan vaziyat yaxshi emas. Barchasi ertaga aniq bo‘ladi. Ahmedov toliqqan, lekin uning holati bo‘yicha ham faqat ertaga aniq gap ayta olaman», — deya Shamilovning so‘zlarini keltirnan TASS.

Ma'lumot uchun, 29 sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham yig‘in boshlagan bo‘lib, JCh-2018 saralashi doirasida 6 oktabrda Eronga va 11 oktabrda Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinlar uchun Odil Ahmedov ham jalb etilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid