Eronda me'yoridan ortiq maosh olgan 400 ga yaqin amaldor aniqlandi
Eronda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi 397 amaldor sababsiz yuqori maosh olganini aniqladi. Bu haqda Eron hisob palatasi raisi Odil Ozar ma'lum qildi.
Ozar mamlakat parlamentidagi nutqida deputatlarni tekshiruv 4 oy davomida o‘tkazilgani va umumiy hisobda 93 mingdan ko‘proq, jumladan 14 ming eng yuqori va yuqori darajadagi davlat xizmatchisini qamrab olganidan xabardor qilgan. Tekshiruvga ko‘ra, tekshirilgan davlat xizmatchilaridan 0,4 foizi oyiga 200 mln rial (5,5 ming dollar) va undan ko‘proq maosh olgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi neft va sog‘liqni saqlash vazirliklarida, Markaziy bankda va boshqa bir qator banklarda hamda sug‘urta kompaniyalarida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha ishlar sudga yuborilgan.
Ozarning nutqidan keyin parlament raisi Ali Lorijani deputatlarni amaldorlar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirib olingan daromadlarni davlatga qaytarish jarayoni boshlanganiga ishontirgan. "G‘aznaga 50 mln rial (1,4 mln dollar) qaytarildi", deb ma'lum qilgan Lorijani.
Eronda davlat tuzilmalaridagi amaldorlarning katta daromad olishlariga qarshi kurash mamlakatning diniy rahnamosi oyatulloq Ali Hamaneiy tashabbusi bilan boshlangan. Avvalroq mahalliy OAV ma'lum qilganidek, ba'zi "uyatini yo‘qotgan" rahbarlar oyiga 600 mln rialgacha (17 ming dollar) maosh olgan. Vaholanki, Eronda o‘rtacha maosh 400 dollardan oshmaydi.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024