"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o‘ynaldi
2016 yilning 30 sentabrida Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyunida start berilgan "Sochnaya dolina" bilan shartnomani to‘la" aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida bir o‘quv yili davomida shartnoma asosidagi ta'lim to‘lovi yutug‘ini qo‘lga kiritgan ikki nafar g‘olib ishtirokchilar chiptasi joylashtirilgan baraban yordamida lotereya usuli orqali aniqlandi. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun abituriyent va talabalar "Sochnaya dolina" sharbatlari qutisidan logotiplarni qirqib, kompaniya idorasiga pochta orqali jo‘natishlari kerak edi. Uchta logotip bir imkonga tenglashtirilgan.
O‘yinda jarayonning adolatli ekanligiga ishonch hosil qilishni istagan aksiya qatnashchilari va OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar komissiyasi ishtirok etdi. O‘zbekiston viloyatlaridan qatnashgan ishtirokchilar orasidan Yangiyo‘l shahridan Ravshan Halilov g‘olib bo‘ldi. Tashkilotchilar o‘sha zahotiyoq g‘olib bilan bog‘lanib, uning bu yilgi kirish imtihonlaridan o‘ta olmaganini aniqlashdi.
Aktsiya shartlariga ko‘ra, bunday holatlarda boshqa mukofot topshirilishi ko‘zda tutilgan - g‘olib Acer noutbuki sohibiga aylandi. Ravshan aksiya davomida 30ta logotip yo‘llagan, shu tariqa u g‘oliblik uchun 10 imkoniyatni qo‘lga kiritgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u g‘alabaga u qadar umid qilmagan:
"Juda mamnunman! Umuman kutmagandim, shunchaki tavakkal qilib yo‘llagandim. Aktsiyada ishtirok etganim yodimdan ham chiqay debdi. Kutilmaganda menga qo‘ng‘iroq qilib, g‘olib bo‘lganimni aytishdi... Juda xursandman, bunga ishongim kelmadi. "Sochnaya dolina" menga anchadan beri yoqadi: bu mazali va tabiiy sharbat. Internet orqali aksiyadan xabar topganimda bu sharbatdan yanada ko‘proq xarid qila boshladim, atrofimdagilar hattoki buning sababi bilan qiziqishdi. Do‘stlarimga ham o‘yin haqida aytdim, ular menga logotip yig‘ishda ko‘maklashishdi. Kelasi yilda albatta o‘qishga kiraman, maqsadimdan voz kechmayman. Hozircha Yangiyo‘l shahridagi gazetalardan birida muxbir bo‘lib ishlayapman".
Poytaxtdan ishtirok etganlar orasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining 4-bosqich talabasi Aleksandra Solomchenko g‘olib bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, Aleksandra o‘qish bilan birga HR sohasidagi faoliyatini olib boruvchi faol va maqsad sari intiluvchan qiz bo‘lib chiqdi. 9ta logotip yo‘llagan Aleksandraning g‘oliblik uchun atigi uch imkoni bo‘lgan, shunga qaramay, omad unga kulib boqdi.
"Do‘stlarim mening omadli ekanimni aytishadi, lekin o‘zim bunday deb o‘ylamayman. Bunday mukofotni birinchi marta qo‘lga kiritishim. Shu bois oxirigacha ro‘y berayotgan voqealarning haqiqat ekanligiga ishongim kelmadi. Hattoki aksiya g‘oliblarini aniqlash marosimiga ham kelmadim - omad kelishiga umid qilmagandim. Ilgari "Sochnaya dolina"ni kamdan-kam sotib olardim. Aktsiya haqidagi xabarni Facebook va shahardagi reklama bannerlarida o‘qib qoldim, shu sharbatni icha boshladim va logotiplarni jo‘natdim. Bundan buyon barcha aksiyalarda faolroq qatnashaman, deb o‘ylamayman-ku, lekin hammasi haqqoniy o‘tishiga kafolat bera olaman".
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
19:56 / 11.11.2024
Aleksey Navalniyning bevasi Magnitskiy nomidagi mukofot laureati bo‘ldi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
14:09 / 02.11.2024