Jamiyat | 12:17 / 31.10.2016
17843
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabni obdon talagan direktor sharmandali holatga tushdi 

Anvarbek Qurbanov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2009 yildan 2015 yil 3 sentabrgacha Bog‘ot tumanidagi umumta'lim maktablarining birida direktorlik qilgan. Achinarlisi, Anvarbek har imkoniyatdan samarali “foydalanib”, o‘z cho‘ntagini qappaytirish payida bo‘lganligi surishtiruv jarayonida ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Jumladan, u ikki marotaba maktabga tegishli temir quvurlarni sotib yuborgan ekan. Sotuvdan tushgan 1 mln. 500 ming so‘m pulni esa cho‘ntagiga joylaydi. Shuningdek, maktabda mavjud bo‘lgan 15 turdagi jami 5 mln. 746 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni ishchilarga berib yuboradi.

Bu orada turmush o‘rtog‘i, singlisi hamda o‘g‘lini maktabda ishlamagani holda qorovul, o‘t yoquvchi lavozimlariga rasmiylashtirib qo‘yadi. Ularning nomiga ish haqi hisoblaydi. To‘lov vedomostlariga o‘zi imzo chekib boraveradi. Yillar davomida ushbu hiylasi evaziga qo‘lga kiritgan mablag‘i 7 mln. 237 ming so‘mni tashkil etdi.
U va unga ko‘maklashganlar qonun oldida javob berishdi

Mavzuga oid