O‘zbekiston | 20:22 / 25.11.2016
16945
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari demarkatsiya masalasini muhokama qildi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

"2016 yilning 21-25 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi 54-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur majlisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirishdi.

Muzokaralar davomida 2016 yilda bajarilgan demarkatsiya ishlarining yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017 yilda bo‘lajak ishlar ko‘lami kelishildi.

Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi", — deyilgan xabar matnida.

Mavzuga oid