Jamiyat | 16:17 / 01.12.2016
12699
5 daqiqa o‘qiladi

Atambayevdan hisobot: Amaldorlar, korrupsiya, islohotlar, muhojirlar va o‘z qo‘shiqlari haqida

Foto: 24.kz

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi. Bunga bag‘ishlangan matbuot anjumanida davlat rahbari 3 soatdan ortiq vaqt davomida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan.
 
Mamlakatning to‘g‘ri yo‘li haqida
«Bizga qanchalik tanqid yog‘dirishmasin – biz boshqa mamlakatni yaratdik. Endilikda amaldorlar soyabonlar olib yurishga majburlanmaydi. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni baralla aytishim mumkin».
 
Korrupsiya haqida
«Fikrimcha, Qirg‘izistonda korrupsiya bilan kurash yangi darajada olib borilmoqda. Men mamlakat umuman boshqa ekanini ko‘rib turibman. Biroq korrupsiya bilan doimiy kurash olib borish zarur. Bugungi kunda bunday kurashning yangi bosqichiga o‘tmoqdamiz».
 
Yaqin Sharqdan muhojirlar haqida
«Qirg‘izistonning qochqinlarni qabul qilishi haqida birinchi marta eshitib turibman. Bunday qonun bizda tayyorlanganidan bexabarman».
 
Turk maktablari haqida
«Men «Sebat» muassislari bilan ta'lim Vazirligi bo‘lishi haqida kelishib oldim. Har ehtimolga qarshi. Ular oddiy maktablar bo‘ladi. Faqat nomi «Sapat» deb o‘zgartirilishi mumkin. Ularni yopmaymiz».
 
Sud islohoti haqida
«Islohot hali uzoq davom etadi. Referendumdan so‘ng jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi aniq».
 
Petr Poroshenkoni chuv tushirishgani borasida
«Buning hech kulgili joyi yo‘q» (rossiyalik prankerlar Aleksey Stolyarov (Lexus) va Vladimir Kuznetsov (Vovan)ning Poroshenkoni chuv tushirishgani haqida)
 
O‘z qo‘shiqlari haqida
«Menda hali juda ko‘p qo‘shiq bor! Atigi 4-5 trekdan so‘ng shuncha shov-shuv kelib chiqdi!».
   
Jurnalistlar borasida
«Ba'zi jurnalistlarga umuman ma'lumot kerak emas. Jurnalistika emas, balki piar bilan shug‘ullanuvchilar bor. Ular menga kerak emas».
 
Nima haqida gapirish mumkin emas
«Hammasini sizga aytib bera olmayman. Davlat siri degan narsalar ham bor», - deya ma'lum qildi prezident Kishinevga bo‘lgan norasmiy tashrifi haqida.
 
Turizm haqida
«Qirg‘izistonni 2-3 yildan keyin hech kim tanimay qoladi. Turizm sohasidagi imkoniyatlarimiz cheksiz. Biroq davlat kamroq aralashishi, biznesmenlarni kamroq tekshirishi kerak. Aksincha tadbirkorlarga yordam berish zarur».
 
Akayev va Bakiyev haqida
Almazbek Atambayev avvalgi rahbarlarga maslahat berishdan ko‘ra, bo‘lajak prezidentlarni halol va ochiq ishlashga chaqirdi.

O‘zining yangi uyi haqida
«Men o‘z pulimga uy qurishga haqqim bor. Hammasini toza yo‘l bilan qilganman».
 
O‘zining eng katta yutug‘i haqida
«Eng asosiy yutuq Qirg‘izistonning mustaqil davlat bo‘lganidadir. Avval nafaqat vazirlar, bosh vazirlar Rossiya vazirlari qabulida soatlab o‘tirishgan. Endi esa biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz mumkin. buning barchasi Qirg‘iziston manfaatlariga mos tushadi».

Harbiy bazalar haqida
«O‘ylashimcha, «Gansi» bazasi yuzasidan hammasini to‘g‘ri qildik. Bu kimgadir yoqmasligi mumkin. Biz Rossiya bilan ham doim strategik sherik bo‘lib qolamiz. Biroq Qirg‘iziston faqatgina o‘z kuchiga tayanishi lozim».

Arzon xitoy kreditlari haqida
«Xitoydan boshqa hech kim bunday kreditlarni bermaydi. Bizda boshqa variant ham yo‘q».
  
Saylovlar haqida
«Men kelajakdagi prezidentlarga qarayapman. Kim rahbar bo‘lishini o‘zim ham bilmayman. Omurbek Babanov va Bakit Torobayev tizimli ishlashmoqda. Aynan ulardan biri prezident bo‘lishi mumkin».

Sheriklar borasida
Qirg‘iziston prezidenti Rossiya va Xitoyni davlatning strategik sheriklari, deb atadi. «Yevropa esa bizga parlament demokratiyasi tomon qadam tashlaganimiz sabab yaqindir», - ta'kidlab o‘tdi Almazbek Atambayev.
 
Davlat rahbari ishi haqida
«To‘g‘risini aytganda o‘tgan 5 yil 25 yildagidek tasavvur uyg‘otadi. Ammo hech narsadan afsuslanmayman».

Xalq haqida
«Kuchsiz xalq faqatgina qiyinchilik va xavfni ko‘radi. Kuchli xalq esa bunda yangi imkoniyatlarni ko‘radi».

Mavzuga oid