O‘zbekiston | 17:54 / 05.12.2016
81173
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining yangi prezidenti

Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilarning eng ko‘p — 88,61 foiz ovoziga ega bo‘ldi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomovning ma'lum qilishicha, saylovda, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) uchun 15 906 724 fuqaro ovoz bergan.

Shavkat Mirziyoyev brifing vaqtida qisqa nutq so‘zladi. U o‘z nutqida saylovoldi dasturiga kiritilgan barcha vazifalar bajarilishini bildirdi. U O‘zbekiston xalqiga farovonlik, tinchlik va baxt-saodat tiladi.

Qayd etish kerakki, nomzod o‘z saylovoldi kampaniyasi davomida mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov olib borgan siyosatni davom ettirishini ma'lum qilgan.

So‘z oxirida Shavkat Mirziyoyev saylov kuzatuvchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga oid