Fan-texnika | 21:13 / 09.12.2016
10191
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Apple Campus 2 manzarasi

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Xose shahrida qurilayotgan yangi Apple Campus suratlari Fransiyaning MacGeneration resursi tomonidan e'lon qilindi. Unda, shuningdek, 2017 yilning boshida ochiladigan kampusning qanday qurilayotgani haqida so‘z boradi.

Ulkan va ekologik toza

Apple Campus 2ning qurilishi 2013 yilning noyabr oyida boshlangan edi. Obekt 260 ming kv. km maydonni o‘z ichiga olgan bo‘lib, qiymati 5 mlrd dollar, deya baholangan. Kompaniya loyihachilari, tahlilchilari, marketologlari va boshqa xodimlarining ishlashi hamda hordiq chiqarishi uchun quriladigan obektlar ustida 5 mingdan ziyod mutaxassis ishlamoqda. Hududning 20 foizini aylana shaklda qurilgan majmua egallaydi, uning 80 foizi esa yashil hudud hisoblanadi. Stiv Jobbs kampusni yeri tillalarga boy Kupertinoda emas, balki Kaliforniyaning arzon tumanida qurish g‘oyasini ilgari surgan edi.

Kampus ochilganidan so‘ng unda oddiy xodimlar joylashtiriladi, so‘ngra boshqalar. Kompaniya yangi Apple Campus 2 boshqa binolarga qaraganda xavfsiz va ekologik toza bo‘lishi bilan faxrlanmoqda.

Videoda uning qurilish jarayoni tasvirlangan edi, bu safar uning ichiga razm solish imkoniyati taqdim etildi.

Mavzuga oid