Jamiyat | 15:10 / 20.12.2016
8863
2 daqiqa o‘qiladi

Jorj Kluni suriyalik qutqaruvchilar haqida film ishlamoqda

Aktyor va rejissyorlar Jorj Kluni hamda Grant Xeslov suriyalik qutqaruvchilar haqidagi to‘liq metrajli film ustida ishlashmoqda. Bu haqida Deadline nashri xabar berdi

Kluni i Xeslov – Smokehouse Pictures studiyasidagi hamkorlar. Ular Netflix'ning "Oq dubulg‘alar" hujjatli  kartinasiga asoslangan badiiy filmni suratga olishga qaror qilishdi. Film "Suriya fuqarolik mudofaasi" nomi bilan mashhur ko‘ngilli-qutqaruvchilar guruhi haqidadir. 

"Oq dubulg‘alar" guruhiga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi "qurollanmagan va siyosiy betaraf ko‘ngillilar" kiradi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi urush davomida ko‘ngillilar 70 mingga yaqin kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan va 2,9 ming kishilik tarkibidan 154 nafarini yo‘qotishgan. 

Shuni ta'kidlash joizki, Klunining turmush o‘rtog‘i, taniqli advokat Amal Kluni joriy yilning fevral oyida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashib, Yevropadagi qochqinlar muammosini muhokama qilgan. 

Mavzuga oid