Jahon | 21:34 / 29.12.2016
8358
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri NATO bosh kotibi bo‘lishi mumkin

Foto: © REUTERS/Peter Nicholls

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron NATOning bosh kotibi bo‘lishga eng asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar berdi. Hammasi Kemeronning nomzodini amaldagi bosh vazir Tereza Mey qo‘yish-qo‘ymasligiga bog‘liq bo‘ladi. 

NATOning amaldagi bosh kotibi Yyens Stoltenberg lavozimini 2018 yoki 2019 yilda tark etadi.

NATO mavjud bo‘lgan butun davr davomida Buyuk Britaniyaning vakillari uch marotaba unga bosh kotib bo‘lganlar: Gastings Ismey bu lavozimni 1952 yildan 1957 yilgacha, Piter Karrington — 1984 yildan 1988 yilgacha, Jorj Robertson 1999 yildan 2004 yilgacha egallagan.

Eslatib o‘tamiz, yozda Devid Kemeron bosh vazir lavozimini muddatdan avval tark etishga qaror qilgan va o‘z vakolatlarini Tereza Meyga topshirgan.

 

Mavzuga oid