Rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempionatning 5-turida norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Musobaqa Dohada boshlandi, deb xabar bermoqda "Sport-Ekspress" nashri.
Rossiyalik ketma-ket 5 marotaba g‘alabaga erishib, musobaqa yetakchisiga aylandi. Shaxmatchilar 30 dekabrda yana 10 ta partiya o‘tkazishlari kerak.
Karyakin noyabrda Karlsen bilan klassik shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bellashgandi. Rossiyalik norvegga tay-breykda 3:1 hisobida yutqazgandi.