Turkiya harbiylarining ma'lum qilishicha, Suriyada amalga oshirilgan havo zarbalari oqibatida IShIDning 38 nafar jangarisi o‘ldirilgan. Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Turkiya harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari IShIDning 28ta inshootiga zarba bergan. Buning natijasida qo‘mondonlik markazlari, qurol-yarog‘ omborxonalari, transport vositalari yo‘q qilingan.
Avvalroq, AQSh tomoni Turkiya harbiylari bilan Suriyaning Al Bob aholi punktida kurash olib borayotgan turk qo‘shinlariga yordam berish masalasini muhokama qilayotgani xususida xabar qilingan edi.