Fan-texnika | 21:49 / 11.01.2017
6821
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota Highlander mashinasi nufuzli mukofotga loyiq deb topildi

Restayling qilingan Toyota Highlander krossoveri xavfsizlik sohasida taqdim qilinuvchi Top Safety Pick+ nufuzli mukofotini olgan Toyota kompaniyasining 10 modeli bo‘ldi.

Mukofotni taqdim qiluvchi AQShning Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti mutaxassislari Highlander’ning bazaviy komplektatsiyasidayoq yo‘lovchilarni aniqlash funksiyasiga ega to‘qnashuvlar oldini olish, harakat polosalarini kuzatish va faralar nurining avtomatik qayta ulanishi tizimlarining mavjudligini yuqori baholashgan. Boshqa kompaniyalar modellarida faol xavfsizlik tizimlari standart qurilmalar ro‘yxatiga kirmaydi va qo‘shimcha optsiyalar sifatida taqdim qilinadi.

Yapon kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish uchun xavfsizlik tizimlarining arzon versiyalarini o‘rnatmagan. Aksincha, mutaxassislarning aytishicha, to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi avvalgi avloddagi modelda o‘rnatilganga nisbatan yaxshilangan. Krossover standart krash-sinovlar: old tomondan, yon tomondan to‘qnashish va tomning ag‘darilishdagi mustahkamligini tekshirish natijalariga ko‘ra yaxshi baholar olgan.

Yangi Highlander AQShda 2016 yil noyabridan sotuvga chiqqan. Mashining motor gammasiga 185 va 295 ot kuchiga ega 2,7 va 3,5 litrli dvigatellar kirgan. Shuningdek, 306 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatel ham taklif qilinadi. AQShda mashina 30630 dollardan boshlab sotilmoqda. 

Mavzuga oid