Jahon | 08:07 / 12.01.2017
10260
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ Trampga qarshi «hujjat» mavjudligini bildirgan josus ismini oshkor qildi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya razvedka xizmatlarining sobiq xodimi Kristofer Stil o‘tgan kunlarda OAVda e'lon qilingan hisobotni tuzib chiqqan. O‘sha hujjatlarda rasmiy Moskva ixtiyorida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni, talab qilib qolinganda obro‘sizlantiradigan ma'lumotlar yig‘ilgani ta'kidlanadi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi vaziyat bilan yaxshi tanish manbasiga asoslangan holda. 

Ta'kidlanishicha, hozirda 52 yoshli Stil Orbis Business Intelligence xususiy kompaniyasining direktorlaridan biridir. Mazkur tashkilot xavfsizlikni ta'minlash va turli tergov-surishtiruv ishlarini olib borish bilan shug‘ullanadi. 

11 yanvar kuni ayrim nashrlarda AQSh razvedkasi Rossiya ixtiyorida Trampga qarshi hujjatlar mavjudligidan xabar topgani haqida ma'lumotlarni chop etgan edi. Shundan so‘ng, milliarder Tramp AQShni, ushbu josuslik ma'lumotini tekshirib ko‘rmasdan e'lon qilgani uchun natsistlar Germaniyasiga qiyoslagan edi. 

Mavzuga oid