Jahon | 18:05 / 14.01.2017
5684
2 daqiqa o‘qiladi

Trampdan AQShning Isroildagi elchixonasini Qudusga ko‘chirmaslik so‘raldi

Qisman tan olingan Falastin respublikasi prezidenti Mahmud Abbos Le Figaro’ga bergan intervyusida Isroilning “tan olinish jarayonini ortga surishi” mumkinligini ma'lum qildi. Bu holat AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Isroildagi mamlakat elchixonasini Qudusga ko‘chirsa ro‘y beradi, deb xabar qilmoqda Al Arabiya.

«Men prezident Trampga buni qilmaslikni so‘rab maktub yubordim. Bu “ikki davlat” qarorini yo‘q qiladi», - dedi u.

Abbos so‘zlariga ko‘ra, elchixona Tel-Avivdan Qudusga ko‘chirilsa, u holda Falastinda «harakat qilish uchun bir necha variantlar paydo bo‘ladi hamda ular arab davlatlari bilan muhokama qilinadi».

Shu bilan bir qatorda, Falastin rahbari ish bungacha borib yetmasligi va ular AQSh yangi ma'muriyati bilan mojaroni hal etish uchun birgalikda ishlashiga umid bildirdi. 

Mavzuga oid