Jahon | 18:01 / 19.01.2017
4485
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyaning yangi rahbarlari qasamyod qilishdi

Foto: © RIA Novosti

Bolgariya respublikasining saylangan prezidenti Rumen Radev va vitse-prezidenti Iliana Yotova 19 yanvar kuni mamlakat parlamentida qasamyod qilishdi. Yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tantanali qasamyod qilish marosimida amaldagi prezident Rosen Plevneliyev, vitse-prezident Margarita Popova, Bolgariya bosh vaziri v.b. Boyko Borisov va hukumat a'zolari, patriarx Neofit, shuningdek, Konstitutsiyaviy sud a'zolari, diplomatlar va diniy mulozimlar qatnashgan. 

Qasamyod qilish marosimini BNT telekanali jonli efirda namoyish etgan.

Rumen Radev o‘tgan yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida g‘alaba qozongan edi. Saylov natijalari ma'lum bo‘lgach, bosh vazir Boyko Borisov va uning hukumati iste'foga chiqqandi. Radevning prezidentlik lavozimidagi ilk vazifasi muvaqqat hukumatni tayinlash, parlamentni tarqatib yuborish va Bolgariya Xalq kengashiga yangi saylovlar muddatini e'lon qilishdan iborat bo‘ladi. 

Respublika OAVga ko‘ra, parlament saylovlari 26 martdan 16 aprelgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib o‘tishi mumkin. 
 

Mavzuga oid