Light | 10:34 / 31.01.2017
80770
5 daqiqa o‘qiladi

Mashina xarid qiluvchilarga maslahatlar

Ko‘pchilik mashina xarid qilish jarayonida maslahat qilib keyin ish ko‘radi. Xoh yangi, xoh minilgan mashina olsa ham maslahatsiz bir qarorga kelmaydi. Yangi mashina sotib olish borasida ko‘pchilik qatori siz ham ko‘p maslahatga muhtoj emassiz. Sababi:

- avtosalonlarda mashina tanlash imkoniyati juda chegaralangan;
- siz istagan modelingizni darrov sotib olishning imkoni deyarli yo‘q;
- pulini oldindan to‘lab qo‘yib, oylab kutishga xohishingiz yo‘q;
- rang tanlash borasida ham chegaralangansiz;
- sotuvdagi bemalol modellar esa sizga kerakmas va hokazo muammolarga duch kelasiz.

 Natijada "Otang - bozor, onang - bozor", deya mashina bozoriga yo‘l olasiz. Mashina bozorida ham talaygina muammolarga duch kelasiz:
- minilgan mashinaning aybi yo‘qmikin?
- "kraskasi bor" bo‘lsa qay darajada shikastlangan ekan? "Suyagi butunmi"?
- "probegi halol"mikin?
- avtosalonda yangi mashina beradigan pulga bozordan minilganini olish ham yoqimsiz;
- motori, yurar qismlari qanday? Va hokazo savollar.

Mana shu bosqichga yetganda ko‘pchilik mantiqan to‘g‘ri qarorga keladi, ya'ni tanish mashina mutaxassisini qidiradi. To‘g‘ri-da, xarid qilishda adashgandan ko‘ra, mutaxassisga yaxshi mashina topib bergani uchun mukofot puli (zazor) bergani afzalroq. Deyarli hamma mashinani asl egasidan va arzonroq narxga olish istagida bo‘ladi. Lekin ko‘pincha buni iloji bo‘lmaydi. Chunki mashinaning egalari vaqt, kuch, asab ketkazib shanba-yakshanba (ba'zan esa bir nechtalab) bozorda o‘tirishni istamaydi. Aksariyat holda istak topilsa ham imkoniyat topilmaydi. Imkoniyat topgach esa mashinasini arzon sotishni xohlamaydi. "Bu mashina menga falonchaga tushgan, shuncha arzoniga sotamanmi?!", degan vajlar o‘rtaga chiqadi. Bundan tashqari, sotmoqchi bo‘lgan narxlari esa bozor narxidan ancha baland bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari mashina bozoriga mashina olib kirish uchun patta puli ham hozirgi kunda 28000 so‘mligini hisobga olsak, ikki kun uchun 56000 so‘m to‘lash kerak. Ustiga ustak, mashinani bozorga tayyorlash ham mahorat va mablag‘ talab qiladigan ish.

"Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin", deganday, mashinafurush (mashina olib - sotish bilan shug‘ullanuvchi odam) esa mashinani bozorga olib chiqishdan oldin uni maromiga yetkazib tayyorlaydi. Iqtisodiy til bilan aytganda, mashinaga investitsiya sarf qilib, xaridorga yoqadigan ahvolga keltiradi va albatta, shuning asosida daromad qilish umidida bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, mashina sotuvchining ham muammolari va xarajatlari talaygina.

Natijada, yakshanba kuni dam olishdan voz kechib ertalabdan bozorga borasiz, tanish ustangiz kelgunicha taxminiy narx-navodan xabardor bo‘lish uchun 1-2 soat bozorni aylanasiz, (yaxshi tushunmasangiz ham) variantlarni ajratib qo‘yasiz. Tanish ustangiz esa umuman boshqa mashinani maslahat berishi ham mumkin. Va nihoyat, talay vaqt, kuch, mablag‘ sarflab ko‘p jihatdan o‘zingizga ma'qul kelgan mashinani sotib olasiz.

Skrinshot: Avtobor.uz

Yuqorida sanab o‘tgan noqulayliklardan osonroq qutilishni yana bir yechimi bor. Siz mashina sotish yoki sotib olishingizdan qat'i nazar, uyingizdan chiqmasdan, issiq qahvani damlab olib, telefoningiz orqali (kompyuter yoki planshet orqali ham ) Avtobor.uz sayti yordamida mashina sotish yoki xarid qilishingiz mumkin. Saytimizda berib boriladigan har bozor kunidagi takliflarni o‘rganib chiqish orqali esa bozor narxini osongina aniqlashtirib olishingiz mumkin. O‘zingizga ma'qul bo‘lgan variant chiqsa, istalgan avto ustaxonasidagi mutaxassisga murojaat qilib, mashinani ko‘rsatib olishingiz mumkin. Bu orqali siz talaygina ovoragarchiliklardan xalos bo‘lish bilan bir qatorda, salmoqli mablag‘ingizni ham tejab qolasiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid