Jamiyat | 10:09 / 31.01.2017
4532
2 daqiqa o‘qiladi

Plastik jarroh amaliyotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni taqdim etmoqda

Nyu-Yorklik plastik jarroh Mettyu Shulman Snapchat tarmog‘ida jarrohlik amaliyotidan bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar tufayli bir million kuzatuvchiga ega bo‘ldi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Erkak jonli efirda o‘z harakatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi hamda jarrohlik asboblarining nimaga ishlatilishini tushuntirib beradi. U shuningdek jarayonni tinimsiz sharhlab boradi. Videoroliklar hech qanday senzurasiz taqdim etiladi – kadrda har doim juda ham ko‘p qonni ko‘rish mumkin.

Shifokor bemorlari bilan suratga olish haqida avvaldan kelishib oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mijozlarning aksariyati bir million kishilik auditoriyaga mo‘ljallangan translyatsiya qahramoniga aylanishga rozilik beradi.

Shulmanning so‘zlariga ko‘ra, u plastik jarrohlik unchalik quvnoq jarayon emasligini isbotlashga harakat qiladi. Jarrohning ehtimoliy mijozlari uchun bunday ma'lumot foydali bo‘lishi mumkin.

Erkak, shuningdek, o‘z ishlari natijasini o‘zining Instagram-sahifasida ham taqdim etib boradi.