Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ob-havo sharoitining yomonlashishi va qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
4 fevralgacha Qamchiq dovonida A-373 avtomobil yo‘lida qor yog‘adi, havo harorati -15-18 darajagacha tushib ketadi. 50 - 100 metr uzoqlikda ko‘rinish darajasining yomonlashishi, shamol tezligining soniyasiga 18-23 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
3 fevral mahalliy vaqt bilan soat 08.00dan 4 fevral soat 08.00gacha Chimyon tabiiy hudud chegarasida qor ko‘chish xavfi bor.