Jahon | 19:29 / 09.02.2017
7967
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘an bilan IShIDga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida kelishib oldi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar Suriyadagi vaziyat masalasi xususida gaplashishgan.

«Bugun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Turkiya respublikasi rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Davlat rahbarlari xalqaro terrorizmga qarshi kurash masalasida fikr almashishdi», deyilgan xabarda.

«Suriyada IShID va boshqa terroristik guruhlarga qarshi harbiy harakatlarni muvofiqlikda olib borishga va'dalashildi», — deyilgan rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, tomonlar Suriyadagi harbiy nizolarni hal etishda Ostona va Jyenevada o‘tkazilgan muzokaralarning amalda bajarilishi bo‘yicha faol harakat qilishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Putin muloqot davomida Erdo‘g‘anga Al-Bob hududidagi harbiy harakatlar vaqtida turkiyalik askarlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan hamdardlik bildirgan.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh shtabi IShIDga qarshi harbiy harakatlar doirasida, Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida 4 nafar turkiyalik harbiy halok bo‘lgani va 15 nafari jarohatlangan haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid