Toshkentda O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Chexiya Respublikasining MDH davlatlari bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi hamkorligida, chex kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Chexiya kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda biznes yuritish bo‘yicha chex kompaniyalarining tajribasi taqdimotini o‘tkazish, yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etish va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga doir masalalar ham muhokama qilinadi.
Qayd etish kerakki, iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Chexiya Hukumatlararo komissiyasining uchrashuvlari muntazam ravishda o‘tkaziladi (so‘nggi 7-uchrashuv 2013 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi). Ushbu tadbir yakunlari bo‘yicha o‘zaro savdo hajmini oshirish, farmatsevtika, kimyo va to‘qimachilik tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda turizm kabi sohalarda o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
Hozirda Ikki tomonlama savdo bo‘yicha ko‘rsatkichlarni quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin:
2016 yil davomida (yanvar-iyun) o‘zaro savdo hajmi 36,2 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport – 7,3 mln. AQSh dollarini, import – 47,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi;
Eksportning asosiy pozitsiyalari: transport xizmatlari (25,1 foiz), paxta matolari (61,4 foiz), elektr uskunalar (10,2 foiz), sement (2,5 foiz) va boshqalar.
Importning asosiy pozitsiyalari: shinalar (28,6 foiz), mexanik uskunalar (28,2 foiz), farmatsevtika mahsulotlari (14,5 foiz), plastmassa buyumlar (7,2 foiz), elektr uskunalar (6,8 foiz), shakar va qandolat mahsulotlari (2,1 foiz) va boshqalar.
Mavzuga oid
12:32 / 06.06.2024
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
14:48 / 15.10.2019
Turkiy kengashga a'zo davlatlar ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi
11:06 / 06.10.2019
Turkiy tilli davlatlarning Toshkentdagi biznes forumida 500dan ortiq tadbirkor qatnashdi
15:41 / 02.10.2019