Davlat raqobat qo‘mitasida YeTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8-fevral kuni Davlat raqobat qo‘mitasida Qo‘mita rahbariyatining Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha ijrochi direktori Nataliya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tashrifning maqsadi: xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada takomillashtirish borasida Davlat raqobat qo‘mitasi va YeTTB o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etish.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni olib tashlash, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va ulushini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilinayotgan bir qator Farmon va Qarorlarida o‘z aksini topayotgani e'tirof etildi.
Uchrashuvda Qo‘mita mas'ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish dasturiga xorijiy investorlarni jalb etishning muhimligi va ahamiyatini qayd etgan holda, uchrashuv qatnashchilariga Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berdilar.
O‘z navbatida YeTTB delegatsiyasi tomonidan respublikada kechayotgan xususiylashtirish jarayonlarida, korporativ boshqaruv, qimmatli qog‘ozlar bozori, raqobat, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalarni hal etish borasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
21:39 / 27.11.2024