Venger barchani hayron qoldirmoqchi
«Arsenal» rahbariyati Arsen Venger mavsum oxirida murabbiylik faoliyatini yakunlashi mumkinligidan xavotirga tushmoqda. The Telegraph xabariga ko‘ra, fransuz mutaxassisi jamoa bilan shartnomani uzaytirish masalasida bir qarorga kela olmayapti, «Uotford» (1:2) va «Chelsi» (1:3) jamoalariga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar esa vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.
Bu mag‘lubiyatlargacha murabbiy shartnomani uzaytirishga rozi edi. Rejaga ko‘ra, tomonlar 2 yillik yangi shartnoma tuzishi va murabbiyga ikki yil davomida 18 million yevro to‘lanishi nazarda tutilgandi.
Endilikda murabbiy mavsum yakunini kutishga qaror qilgan, jamoa nechinchi o‘rinni egallashiga qarab u o‘z qarorini ma'lum qiladi.
Vengerning o‘rinbosari sifatida Massimiliano Allegri («Yuventus»), Tomas Tuxel («Borussiya» Dortmund), Leonardu Jardim («Monako») kabi mutaxassislarning nomzodlari ko‘rilmoqda.
Venger «Arsenal»ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda va shu vaqtgacha londonliklar klubi bilan 15 sovrin yutgan, shundan 3tasi Angliya chempionatidagi g‘alaba.
Vengerning taqdiri hal qilindi
Allegri «Arsenal»ning taklifiga javob qaytardi
Mavzuga oid
13:32 / 19.12.2024
Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi mavjud bo‘lmagan korxona bilan shartnoma tuzgan
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir shartnoma tasdiqlandi
14:25 / 24.01.2024