AQSh va Rossiya munosabatlariga nima xalaqit bermoqda?
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kungi matbuot anjumanida OAVlarni “yolg‘on xabarlar” tufayli tanqid qilib, “yolg‘on reportajlar Rossiya bilan kelishuvga erishish imkoniyatini murakkablashtirayotganini” ma'lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, “yolg‘on yangiliklar” televizorda doimiy ravishda berilmoqda. Xususan, Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan aloqalari haqidagi xabarlarni “tentaklik”, “yolg‘on”, “firibgarlik” va “qopqon” deb atadi. Trampning ma'lum qilishicha, yordamchilari yoki davlat rahbarining xorijiy yetakchilar bilan telefon orqali muloqoti tafsilotlarining sizib chiqishga sabab bo‘lgan mualliflar matbuot bilan birgalikda “uyalishlari kerak”.
Shuningdek, Trampning ta'kidlashicha, “Rossiya bilan aloqani yaxshilash istagida ekan”, garchi uning so‘zlariga ko‘ra bu “siyosiy jihatdan unchalik yaxshi emas”. Bundan tashqari, u ikki davlat o‘zaro kelisha olishiga ishonchi komil emas. Shu bilan bir qatorda, u Hillari Klintonni Rossiya bilan munosabatlarni “qayta yo‘lga qo‘ygani” hamda “mamlakatning 20 foiz uranini berib yuborganlikda” aybladi. Tramp “qayta yo‘lga qo‘yishni” esa “ahmoqona plastik tugma”, deb atadi.
“Men Rossiya uchun hech narsa qilmaganman va hech narsa qilmayman. Agarda biz aloqalarni yaxshilay olsak, bu ijobiy narsa bo‘lardi. Bizda Reks Tillerson (AQSh davlat kotibi – tah.) kabi ular bilan uchrashadigan iste'dodli inson bor”.
Amerika davlati rahbarining ta'kidlashicha, uning Moskvaga nisbatan ancha qattiqqo‘l siyosatni olib borishi yengilroq bo‘lardi.
“Men Rossiyaga qanchalar qattiqqo‘l munosabatda bo‘lsam, bu shunchalik yaxshi. Ammo bilasizmi nima? Men amerikaliklar uchun yaxshi narsalarni qilmoqchiman. Rostini aytsam, butun jahon uchun yaxshi narsalarni qilishim ikkilamchi”, - dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, Trampning ta'kidlashicha, Rossiya va AQSh – bu ikkita qudratli yadro davlatlari bo‘lib, “yadro qirg‘ini”ga hech narsa bilan bas kelib bo‘lmaydi.
“Agarda bizda yaxshi munosabatlar bo‘lsa, bu yomon emas, balki yaxshi bo‘ladi, menga ishonavering”, - deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti OAVda Qo‘shma Shtatlar qirg‘oqlari yaqinida Rossiya harbiy kemasining go‘yoki paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
FoxNews telekanali payshanba kuni o‘z nomini oshkor etmagan amerikalik manbaga asosan, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining “Viktor Leonov” josuslik kemasi Virginiya shtatidagi Norfolk port-shahri yaqinida paydo bo‘lganini xabar berdi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, kema Norfolkdan taxminan 65 dengiz milyasi shimoli-sharqdagi xalqaro suvlarida bo‘lgan. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, AQSh hududiy chegarasi qirg‘oqdan taxminan 22 kilometrlik masofadan o‘tadi.
“Men qilishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish – bu qirg‘oqdan 30 mil uzoqlikda bo‘lgan o‘sha kemaga o‘t ochishdir. Mamlakatimizdagi barcha: “O! Bu juda zo‘r!” degan bo‘lardi. Ammo bu zo‘r emas. Men Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdoriman”, - deya ma'lum qildi Tramp.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34 / 25.12.2024