O‘quvchi uy topshirig‘ini bajarish vaqtida antiqa samolyot topib oldi
Daniyalik 14 yoshli o‘quvchi Daniel Kristiansen va uning otasi ichida uchuvchi suyaklari bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi samolyotni topib oldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
O‘smir tarix darsidan uy topshirig‘ini bajarish maqsadida metall qidirgich yordamida darsga olib borish mumkin bo‘lgan buyumlarni qidirgan. Natijada o‘quvchi 8 metr yer ostida temirning katta bo‘laklarini aniqlagan.
Bolaning otasi topilmani qazib olish uchun qo‘shnisidan ekskavator olgan.
Aniqlanishicha, topilma 1944 yil oxirida falokatga uchragan Messerschmitt nemis qiruvchi samolyoti fyuzelyajining bo‘laklari bo‘lgan.
"Avval biz loy bilan birga metall bo‘laklarni qazib olishni boshladik, keyin esa suyaklar va kiyimlarga yo‘liqdik", deb aytmoqda bolaning otasi.
O‘smir bobosining 1944 yil noyabri yoki dekabrida bu yerda nemis samolyoti qulagani haqidagi hikoyasini esga olgan. "Men buni shunchaki hazil deb o‘ylardim", deb aytgan o‘smir.
Ayni vaqtda voqea joyida sapyorlar ishlamoqda, ular o‘q-dorilarni zararsizlantirishlari kerak. Samolyot qoldiqlarini o‘rgana boshlagan Shimoliy Yutlandiyadagi tarix muzeyi yaqin orada uchuvchining shaxsini aniqlashga umid qilmoqda. "Biz uchuvchining hujjatlarini topdik", deb aytmoqda muzey xodimi.
Tarixchilarning fikricha, samolyot yaqin orada joylashgan Olborg shahridagi mashg‘ulot aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Ushbu topilma haqida Germaniyaning Daniyadagi elchixonasi xabardor qilingan.
Mavzuga oid
11:02 / 19.12.2024
Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
23:13 / 28.11.2024
Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
07:30 / 23.11.2024