Jahon | 19:14 / 10.03.2017
5005
2 daqiqa o‘qiladi

Seul: Pak Kin Xening iste'fosi harbiy kelishuvlarga ta'sir ko‘rsatmaydi

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi davlat rahbarining impichment tufayli ishdan ketishi harbiy sohada avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmaydi, deya axborot tarqatmoqda.

Janubiy Koreya hukumati, xususan, Vashington bilan mamlakat hududida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish va rivojlantirish borasida kelishuv tuzgan edi. Hozirda, Janubiy Koreya hududida THAAD raketalargi qarshi mudofaa tizimining o‘rnatilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar bor. THAAD mudofaa tarmog‘i yuk mashinalarga o‘rnatilgan zenit raketalari, ko‘cha nazorat boshqaruv punkti va AN/TPY-2 rusumli radar tizimidan iborat. Tarmoq yaqin bir yoki ikki oy ichida shay holatga keltirilishi kutilmoqda.

Janubiy Koreya o‘tgan 2016 yilning 8 iyulida Koreya yarim orolining janubiy qismiga AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimini o‘rnatishga kelishib olgan edi. Bo boradagi sa'yi-harakatlarning tezlashib ketishi sababi deb Shimoliy Koreyada uzoq masofaga parvoz qilish quvvatiga ega kallakli raketalarning sinovdan o‘tkazilayotgani sabab bo‘layapti. Mazkur turdagi harbiy loyihalarga esa Rossiya va Xitoy mutlaqo qarshi chiqmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya davlati rahbari Pak Ken Xi impiyechmenti 10 mart juma kuni tasdiqlangan edi. Endilikda, 60 kun ichida navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak.

Mavzuga oid