Jamiyat | 16:46 / 11.03.2017
14189
2 daqiqa o‘qiladi

Burundida 55 yil ichida 2500ta ommaviy qabr aniqlandi

Sharqiy Afrikaning Burundi davlati hududida 1962 yildan buyon 2500dan ortiq ommaviy qabrlar aniqlangan. Shveytsariyaning Lozanna universiteti eksperti 
Aloys Batungvanayoning Anadolu agentligi bilan suhbatda aytishicha, mamlakat hududidagi zo‘ravonliklardan qurbon bo‘lganlarning soni rasmiy statistika raqamlaridan ko‘pdir. «Ularning bir qismi suv havzalariga cho‘ktirilgan yoki yoqib yuborilgan», - deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Burundidagi ilk ommaviy qabrlar koloniyalashtirish davrida paydo bo‘lgan. Masalan, 1903 yili markaziy Muramvya tumani aholisining bir qismi qirib tashlangan. U tarixga Badasiganadagi qatliom nomi bilan kirgan. 

«O‘sha vaqtdagi Burundi qiroli Mvezi Gisabo Germaniya bosqinchilariga qarshi kurashishga harakat qilgan. Natijada 300ga yaqin mahalliy jangchilar o‘ldirilgan edi. Ularni ommaviy qabrga ko‘mib yuborishgan», - deb xotirlaydi ekspert.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda Burundida mingdan ortiq odam o‘lgan, 300 mingdan ortiq inson uy-joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. 

Mavzuga oid