Jahon | 17:20 / 12.03.2017
20631
2 daqiqa o‘qiladi

Pak Kin Xe bayonot berdi

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan chetlatilgan Pak Kin Xe mamlakat fuqarolaridan uzr so‘radi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar qildi.

«Men prezidentlik majburiyatlarimni bajara olmaganim uchun sizlardan uzr so‘ramoqchiman», — deyilgan Pak Kin Xening bayonotida.

U yakunda o‘z iste'fosiga olib kelgan haqiqatni barcha bilib olishini qayd etib o‘tgan.

Bundan oldinroq Pak Kin Xe Seul markazidagi o‘zi egallab turgan davlat qarorgohini tark etib, shaharning janubiy qismidagi Samson-don dahasidagi shaxsiy uyiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Pak Kin Xe impichmentini tasdiqladi. Buning oqibatida u prezidentlik immunitetini yo‘qotdi va jinoiy ta'qib nishoniga aylanishi mumkin.

Bu mamlakat prokuraturasiga Pak Kin Xeni tergovni qiziqtirayotgan ko‘plab masalalar, xususan, dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro bo‘yicha so‘roqqa tutish imkonini beradi.

Mavzuga oid