Jahon | 07:48 / 22.03.2017
13852
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 14 soat so‘roq qilindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni so‘roq qilish 14 soat davom etdi va mahalliy vaqt bilan yarimtunga yaqin yakunlandi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi. 

Prokuratura Pak Kin Xeni yaqin dugonasi Tsoy Sun Sul aralashgan 13 ta korrupsiya ishiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Avvalroq so‘roq vaqtida Pak Kin Xe "shaxsan o‘zi hech narsaga aloqasi bo‘lmagani va hech narsani bilmaganini" aytgan. Sobiq prezident qolgan ishlar bo‘yicha esa "ular odatiy davlat siyosatining bir qismi bo‘lganini va Tsoyga yordam berishda shaxsiy manfaat ko‘rish istagi bo‘lmaganini" aytgan.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Pak Kin Xe prokuraturani ko‘rsatmalar to‘g‘ri  yozib olinganini tekshirgach tark etishi kerak edi. Ta'kidlanishicha, ko‘rsatmalarning tekshirilishi ma'lum vaqt olishi mumkin.

Bu sobiq prezidentning birinchi so‘roq qilinishi bo‘ldi. Hanuzgacha Pak Kin Xe davlatning birinchi shaxsi sifatida yuridik daxlsizlik huquqidan foydalanib kelayotgandi va prokurorlar bilan uchrashishdan bosh tortib kelayotgandi. Konstitutsiyaviy sud Pak Kin Xening impichmentini tasdiqlagach, u yuridik immunitetini yo‘qotgan.

Mavzuga oid