Fan-texnika | 14:45 / 24.03.2017
12393
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis olimlari 10 ming quyoshdek yorituvchi tizimni ishlab chiqishdi

Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi olimlari bir joyning o‘zida 10 ming quyosh nuriga teng keluvchi energiyani yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Payshanba kuni u ilk marotaba sinovdan o‘tkazildi. Tajriba tizimi haqida Gizmodo portalida xabar berildi. 

Tizim 149 kseno qisqa yoyli lampalardan iborat - bu kabi lampalar kinoloyihalarda qo‘llaniladi. Markaz direktori Bernard Xoffshmidtning so‘zlariga ko‘ra, tizim 3000 darajagacha haroratni ishlab chiqara oladi. Tuzilma hajmi: balandligi - 14 metr, kengligi - 16 metr.

Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi — vodorod, ekologik sof yoqilig‘i yaratishning yangi usullarini topish. Tizim yorug‘likni bir nuqtaga qaratib, metallni 800 darajagacha qizdiradi, shundan so‘ng uni suv bug‘ida ushlaydi. Metall suvdagi kislorod bilan reaksiyaga kirishadi, vodorod esa qoladi. 

Hozircha tizim to‘rt soatda oddiy uyga bir yilda sarflanadigan elektr energiyasini sarflaydi. Olimlar yaqin bir necha yil ichida tizimni yanada takomillashtirib, uni quyosh batareyalaridan quvvatlashga o‘tkazishni rejalashtirishmoqda. 

Mavzuga oid