Jahon | 09:12 / 27.03.2017
7066
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yubormoqda

Foto: Flickr/ U.S. Army/Jason Johnston

AQSh Bag‘doddagi qo‘mondonligi iltimosi bilan Yaqin Sharqqa xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida 300 desantchi yubormoqda. Bu haqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar bermoqda.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 82-havo-desant diviziyasining qo‘shimcha rotalari Iroqqa yoki Suriyaga yuboriladi, biroq ular qayerga joylashtirilishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q. Ushbu masala bo‘yicha qaror IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya qo‘mondoni Stiven Taunsend tomondan qabul qilinadi.

Pentagon 27 mart kuni ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot bermoqchi. Avvalroq AQSh Suriyaga 400 ga yaqin harbiy jo‘natgandi.

Mavzuga oid