Jamiyat | 15:13 / 27.03.2017
15139
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi qurilishda mo‘miyolangan tanalar saqlangan 500 yillik qabrlar topildi

Xitoyning Xenan provinsiyasida quruvchilar taxminan 500 yillik mo‘miyolangan tanalar saqlangan qabrni topishgan. Bu haqida 27 mart kuni  South China Morning Post gazetasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, qabr Taykan okrugida joylashgan bo‘lgan. Mutaxassislar ma'lumotiga ko‘ra, mo‘miyolangan tanalar taxminan Min sulolasi davri (1368-1644)da yashagan amaldor Gu Tszo va uning turmush o‘rtog‘iga tegishli.

Ta'kidlanishicha, Xitoy ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari qabrda mahalliy aholi tomonidan o‘g‘irlab ketilishi mumkin bo‘lgan qilichlar va yelpig‘ichlar bo‘lgani haqida yozishgan. Biroq mahalliy ma'muriyat vakili qabrdan qandaydir artefaktlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligiga doir faktni inkor qilishmoqda.

Mavzuga oid