Sport | 12:26 / 05.04.2017
10834
1 daqiqa o‘qiladi

Messining ortidan noqonuniy ayg‘oqchilik qilingan

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Panamaning Mossack Fonseca offshor kompaniyasiga aloqadorligi haqida xabarlar chiqqanidan so‘ng Argentina razvedka agentligi (AFI) tomonidan kuzatib borilgan.

La Nacion nashri bergan xabarga ko‘ra, AFI agentligining «G» kodli laqabga ega ayg‘oqchisi noqonuniy ravishda Messini kuzatgan va uni Mega Star Enterprises offshor kompaniyasiga aloqador bo‘lishi mumkinligini o‘rgangan.

Sirli ayg‘oqchi, jumladan, 2016 yilda Messini kuzatish uchun Jyenevagacha borgan.

Qayd qilinishicha, AFI Messidan tashqari argentinalik bir qator siyosatchilarni ham Panama ishi bo‘yicha kuzatib borgan. Ammo voqealar hibsga olishgacha bo‘lgan jarayonga yetib bormagan.

Mavzuga oid