Sport | 20:28 / 23.11.2020
8901
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Kiyevdagi YeChL o‘yiniga bormaydi. Kuman sababini tushuntirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa hujumchisi Lionel Messining Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi «Dinamo»ga qarshi maydonga tushmasligi sababini aytib o‘tdi.

Foto: David Ramos/Getty Images

«Messi va De Yongning Ispaniyada qoldirishga qaror qilganim sababi – «Barselona»ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi vaziyati ancha yaxshi. Biz 3 o‘yinda 9 ochko jamg‘arishga erishdik va endi ayrim yigitlarga biroz dam olish imkoniyatini berishimiz mumkin. Shu bois bu futbolchilarni uzoq safardan qoldirdik. Ularga biroz dam berish kerak edi», – deya Kumanning so‘zlarini keltirmoqda AS.

Ma'lumot uchun, «Dinamo» Kiyev — «Barselona» uchrashuvi 24 noyabr, seshanba kuni Ukrainada o‘tkaziladi. Bahs soat 01:00da boshlanadi.

Mavzuga oid