Erdo‘g‘an konstitutsiyaviy referendumda g‘alaba qozonilganini e'lon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bosh vazir Binali Yildirimni mamlakatda o‘tgan konstitutsiyaviy referendumning ijobiy natijalari bilan telefon orqali tabrikladi. Bu haqda NTV turk telekanali ma'lum qildi.
Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, ovoz berish byulletenlarining 98 foizi hisob-kitob qilingandan keyin konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tarafdorlari 51,3 foiz ovoz to‘plashgan. O‘zgartirishlarda mamlakatning parlamentar boshqaruvdan prezidentlik boshqaruviga o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Erdo‘g‘an, shuningdek, islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan Milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheliga ham qo‘ng‘iroq qilgan. Erdo‘g‘an referendum natijasi ravshanligini aytdi va islohotlar mamlakat va xalqqa foyda keltirishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024