O‘zbekiston | 20:26 / 21.04.2017
8047
2 daqiqa o‘qiladi
Ijtimoiy soha hisoboti: Yangi ish o‘rinlari, dori vositalari, aholini sog‘lomlashtirish
Bugun Harakatlar strategiyasining birinchi choragi natijalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda o‘ndan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Har bir soha vakili o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Quyida Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti diqqatingizga havola qilinadi:
- Qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish yo‘nalishidagi hududiy dasturlar doirasida 2633 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 17 599 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi;
- Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ayollarning tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2,5 trillion so‘m kreditlar ajratildi;
- 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, pensioner, nogiron, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan 6955 nafari sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
- 343 nomdagi dori vositalari, 44 nomdagi tibbiy buyumlar cheklangan narxlarda sotuvga chiqarilishi belgilanadi;
- 167 turdagi dori vositalari 22 ta ulgurji kompaniyalar tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda respublikaga yetkazib berildi;
- Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan 79,2 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024