Pentagon AQSh rahbarligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan 2014 yil avgustidan buyon Iroq va Suriya hududida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar davomida tinch aholi orasida jami 352 kishi qurbon bo‘lgani haqida aytilgan hisobotni e'lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
«Ayni vaqtda, ma'lum axborotlarga ko‘ra, amaliyot boshlangan vaqtdan buyon kamida 352 kishi koalitsiyaning xatolik tufayli berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan», — deyilgan doklad matnida.
Hisobotda qasddan qilinmagan hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar tufayli hamdardlik bildirilgan.