“Multi Mafe” restorani noqonuniy reklamasi to‘xtatildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar guruhida “Cho‘qintirgan ota” (“Kryostnyy otets”) badiiy filmidan lavha ishlatgan holda “Multi Mafe” restorani reklama qilingan, deb xabar bermoqda Davlat raqobat qo‘mitasi.
Reklamada “Vito Korleonening o‘zi “Multi Mafe” restoranini tavsiya etadi”, degan so‘zlardan foydalanilgan va ushbu filmning bosh qahramoni Marlo Brandoning surati joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish), jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish taqiqlanadi.
Ta'kidlash joizki, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishi – bu huquq egasi yoki jamoat asosida mulkiy huquqni boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan tasvirdan foydalanish, ohangni aynan takrorlashdir.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, Davlat raqobat qo‘mitasi “Multi Mafe” restorani rahbariyatiga yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holati to‘g‘risida xat yubordi.
Davlat raqobat qo‘mitasi xati olingan vaqtdan e'tiboron “Cho‘qintirgan ota” badiiy filmidan olingan lavha ishlatilgan reklama ijtimoiy tarmoqdan olib qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024