Belarusda yog‘och velosipedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Belarusning eshik ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi yog‘och velosipedlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ramasi oq qayindan yoki shumtoldan yasalgan velosiped dastaki usulda ishlab chiqarilmoqda, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Yog‘och faqatgina ramada ishlatiladi, rul, karetka va boshqa qismlarni tayyorlash uchun po‘lat quymalar qo‘llanadi.
Oq qayindan yasalgan ramali velosiped 1890 Belarus rubli (ming dollarga yaqin), shumtoldan yasalgan ramalisi esa 2290 Belarus rubli (1210 dollar) turadi. Shuningdek, narx buyurtmachining istaklari va velosiped butlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Minimal narxdagi velosipedda old tormozlar yo‘q bo‘lib, minimal miqdorda qo‘shimcha elementlar ko‘zda tutilgan. Yog‘och ramaga 5 yil kafolat beriladi. Velosipedning o‘zi esa 21 kg ni tashkil qiladi.
Bunday velosipedlar dastaki usulda yig‘iladi. Kompaniya bonus sifatida o‘rindiq ostida joylashadigan, biror yozuv yoki logotip tushirib beriladigan shaxsiy tablichkani taklif qilmoqda.
Belarusda yog‘och velosipedlar o‘tgan asrning birinchi yarmida ishlab chiqarilishi boshlangan. 1933 yilda to‘liq yog‘ochdan yasalgan velosipedlardan biri Belarusdagi muzeylardan birida saqlanadi. U yarmarkaga kelgan dehqon odamdan sotib olingan. Dehqon qimmatbaho temir velosiped sotib ololmagani sabab, yog‘och velosiped yaratishga qaror qilgan. Muzey xodimlarining aytishicha, ushbu velosipedni hali ham minsa bo‘ladi.
Mavzuga oid
01:03 / 27.11.2020
Yevroparlament Belarus va Turkiyaga qarshi sanksiyalar haqida rezolyutsiyalarni qabul qildi
00:48 / 25.11.2020
Lukashenko o‘zini hokimiyatdan chetlatishning yagona yo‘lini aytdi
20:40 / 19.11.2020
Belarusda Nexta Telegram-kanali mualliflari terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
00:32 / 14.11.2020