Abdulaziz Komilov Indoneziya elchisi Anak Santikani qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Anak Agung Gde Alita Santikani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston—Indoneziya munosabatlarining hozirgi holari va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi ishida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoning anjuman doirasidagi qisqa suhbati ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun muhim qadam hisoblanadi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
19:31 / 05.12.2024
Apple Indoneziyadagi ishlab chiqarish korxonalariga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
17:26 / 13.11.2024