Jahon | 09:33 / 19.05.2017
4919
1 daqiqa o‘qiladi

Haitida kuchli suv toshqinlari yuz berdi, qurbonlar bor

Foto: Radio Television Caraibes

Haitida kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari sabab besh kishi halok bo‘ldi va 19 nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters respublika fuqaro mudofaasi departamentiga asosan xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, infratuzilma obektlari jiddiy zarar ko‘rgan. Haiti janubidagi Grand-Ans departamentida 322 kishi turli pana joylarda yashirinib olgan. Mamlakat Shimoli-G‘arbiy departamentida esa 20 kishi shunday yo‘l bilan jon saqlab qoldi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Haiti xalqi yomon infratuzilma va davlat resurslarining yo‘qligi sabab tabiiy ofatlardan juda jiddiy jabr ko‘rib keladi.

Mavzuga oid