Jamiyat | 09:29 / 19.05.2017
5632
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda amerikalik rassomning ishi 110,5 mln dollarga sotildi

Nyu-Yorkdagi auksionda amerikalik rassom Jan-Mishel Baskiyaning nomsiz surati 110,5 mln dollarga sotildi. Bu haqda Sotheby’s auksion uyi bo‘limi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, bu narx Baskiya ishlari uchun to‘langan eng katta haq bo‘ldi. Savdolar bor-yo‘g‘i 10 daqiqa davom etgan.

Foto: Twitter.com/@Sothebys

1982 yilda chizilgan surat o‘zidan ko‘k fondagi qora bosh tasvirini aks ettiradi.

Baskiya 1980-yillarda graffiti-rassom sifatida ijodini boshlagan, keyinchalik neoekspressionizm uslubidagi ishlari bilan tanilgan. Rassom 1988 yilda giyohvand moddalar qabul qilishdan 27 yoshida vafot etgan. 

Mavzuga oid