Jahon | 13:54 / 08.06.2017
7807
2 daqiqa o‘qiladi

Erondagi teraktlar qurbonlari soni oshdi

Foto: AP

Eron poytaxti Tehronda 7 iyun kuni yuz bergan teraktlar qurbonlari soni 16 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Bundan avvalgi xabarlarda 13 kishi halok bo‘lgani va 43 kishi jabrlangani aytilgandi. 

Agentlikning ma'lum qilishicha, Tehrondagi hujumlarda ishtirok etgan terrorchilar eronlik bo‘lgan.

«Hujum uyushtirganlarning shaxsiga kelsak, ular Eronning turli qismlaridan bo‘lgan va IShID guruhiga qo‘shilgan», — deydi Eron ichki ishlar vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Husayn Zulfagariy.

Eslatib o‘tamiz, 7 iyun tongida Tehronda ikki terrorchilik akti sodir etildi. 4 kishidan iborat guruh Eron parlamentiga hujum qildi va otishma boshladi. Maxsus xizmatlar 3 jangarini yo‘q qildi, to‘rtinchisi o‘zini portlatdi.

Shuningdek, imom Xomeyni maqbarasiga 2 kishi bostirib kirdi. Ulardan biri o‘zini portlatdi, ikkinchisi politsiya bilan otishma vaqtida o‘ldirildi.

Mavzuga oid