IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Xususan, podpolkovnik Mustaqimov Davron Abduvaliyevich – O‘zbekiston Respublikasi IIV Moliya va moddiy-texnika ta'minoti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Samadov Shuhrat Niyozovich – Buxoro viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Ilyasov Askar Kenesbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Bozorov Baxtiyor Po‘latovich – Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
podpolkovnik Toshmatov Abdumavlon Sayfuddinovich – Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i lavozimiga;
mayor Obidov Ulug‘bek Obid o‘g‘li – Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024