Sport | 15:10 / 12.07.2017
7771
2 daqiqa o‘qiladi

Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha mojaro yakun topdi

FIFA Neymar 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tish jarayonida hech qanday qonun buzilmagani haqida qaror chiqardi. Bu haqda Neymarning manfaatlarini himoya qiluvchi N&N Consultoria firmasi matbuot xizmatiga asoslanib Globo Esporte xabar bergan.

«Santos» klubi 2015 yilning mayidayoq Neymarning «Barselona»ga o‘tishi jarayonida klub atigi 17 mln yevroga ega bo‘lgani, futbolchi va N&N Consultoria firmasi esa 58,5 mln yevroni qo‘lga kiritganidan norozi bo‘lib, FIFAga shikoyat qilgandi.

Endilikda Braziliya klubi bu qaror ustidan shikoyat berishi uchun 10 kun muhlatga ega.

Shu bilan birgalikda, futbolchining transfer huquqida ulushga ega bo‘lgan DIS investitsiya jamg‘armasi Neymarni jazolashni talab qilishda davom etmoqda. Bu tashkilot ham 2013 yili amalga oshirilgan ushbu transferdan o‘zi uchun yetarlicha mablag‘ olmaganini da'vo qiladi.

Mavzuga oid